"Qo‘shiqchi"-uchuvchi xalqaro aeroport faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi
Argentinada uchuvchi samolyot kabinasida parvoz vaqtida qo‘shiq kuylashi bilan Buenos-Ayres xalqaro aeroporti dispetcherlik xizmatining samolyotlar bilan aloqa qilishiga xalaqit qildi. Bu haqda Univision nashri xabar bermoqda.
Uchuvchi ish o‘rnida qo‘shiq kuylayotib dispetcherlik xizmati bilan aloqani o‘chirib qo‘yishni unutgan va shu tariqa aloqa chastotasida shovqinlar keltirib chiqargan. Uchuvchining nola qilishi 15 daqiqa davom etgan.
Uchuvchi puerto-rikolik qo‘shiqchining ashulasini kuylagan. Uning qo‘shiq kuylashi audioyozuvi mahalliy telekanallar tomondan tarqatilgan.
Ta'kidlanishicha, minglab odamlar uchuvchi qo‘shiq kuylayotgani va uning matnini unutib, so‘kinayotganini eshitishgan. Uchuvchi uni boshqalar eshitayotganini anglagach, darhol uzr so‘ragan.
Uchuvchi ishlaydigan kompaniya vakillari "u buni yomon niyatda amalga oshirmaganini" ma'lum qilishgan.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
00:04 / 03.12.2024