Moskva viloyatida 4 kishini otib tashlagan shaxsning uyidan Birinchi jahon urushi qurollari topildi
Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatining Kratovosida to‘rt kishini o‘ldirgan Igor Zenkovning uyi omborxonasidan topilgan eski qurol-yarog‘lar haqida ma'lumot berdi.
Omborxonadan Mosin soyli miltig‘i, Valter to‘pponchasi, Pibodi-Martini miltig‘i va Arisaka soyli miltig‘ini topishgan. Shuningdek, tergovchilar Shpagin pulemyot-to‘pponchasi, qirqma qo‘shog‘iz miltiq, ikkita soyli miltiq stvoli, RGD-33, M39 va M24 granatalari, minomyot minalari, tutunli mina, pilta, o‘qdonlar va 150 millimetrli artilleriya snaryadlaridan bo‘lgan ikki gilzani aniqlashdi.
Bundan tashqari, Zenkovning uyidan ikkita vidolashuv maktubi ham topilgan, ularda nima yozilgani noma'lum. Shu bilan birga, mahalliy aholining bildirishicha, Zenkov bilan ziddiyatlar kelib chiqmagan, uning ustidan politsiyaga ariza bilan borishmagan.
Avvalroq Zenkovning yonidan Ij-18 miltig‘i va Mauzer to‘pponchasi topilgani xabar qilingandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, FVVda chilangar bo‘lib ishlagan Zenkov qurollarning bir qismini Chechenistonga bo‘lgan ish safaridan olib kelgan, qolganlarni esa qazilma ishlarida topgan yoki o‘zi yasagan.
10 iyun kuni Zenkov o‘z uyi yonida o‘tkinchilarga qarata o‘q uza boshladi, u to‘rt kishini o‘ldirdi. Voqea joyiga politsiya va Rosgvardiya xodimlari yetib kelishgach, Zenkov ularni ham o‘qqa tuta boshladi hamda granatalarni uloqtirdi. Rosgvardiyaning to‘rt nafar xodimi jarohat oldi. Zenkov bir necha soatdan so‘ng o‘ldirildi.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
08:32 / 11.12.2024
Zelenskiy Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi qurollar haqida gapirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
07:55 / 02.12.2024