Jamiyat | 17:05 / 13.06.2017
10558
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohurda taqiqlangan ekinlarni yetishtirish aniqlandi

2017 yilning 10 iyun kuni, taxminan soat 09:30 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2017» tadbiri davomida, Shayxontohur tumani hududida, Abror Anvarovich Raxmatullayev uyining hovlisida qonunga xilof ravishda 1070 tup opiy ko‘knori giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid