Jamiyat | 00:41 / 13.06.2017
11967
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbeklar hamjamiyati penzaliklarni 10 xil palov turi bilan mehmon qildi

Foto Yeleny Yusupovoy

12 iyun kuni «Dobraya Penza» festivali doirasida drama teatri oldidagi xiyobonda "Palov sammiti" tashkil qilindi. 

Penza ahliga noyob retseptlar asosida tayyorlangan o‘zbek palovining 10 xil turidan tatib ko‘rish taklif etildi.

"Biz Penza viloyatidagi o‘zbek hamjamiyati vakillari orasidan eng yaxshi oshpazlarni tanlab oldik. Ularning eng kenjasi - 12 yoshda, eng kattasi esa - 70. Ular O‘zbekistonning turli viloyatlaridan 10 xil palov turini taqdim etishdi. Har bir hudud o‘z tayyorlash uslubiga ega, palov turlicha tayyorlangan, shunday bo‘lsa-da, ularning barchasi mazali", - dedi "O‘zbekiston hamjamiyati" jamoatchilik tashkilotining viloyat bo‘limi prezidenti Sotimboy Berdiyev. 

Palovning eng yaxshi varianti tatib ko‘rilganidan so‘ng mashhur penzaliklardan iborat hakamlar hay'ati tomonidan baholandi. 

"Palov sammiti" - bu, eng avvalo, xayriya aksiyasi. Odamlar bir porsiya palov uchun ramziy to‘lov evaziga «Pokrov» jamg‘armasidan maxsus kuponlar xarid qilishadi. To‘plangan barcha vositalar Moksha bolalar internatiga yo‘llanadi. 

"Oshpazlar taomni shaxsiy mablag‘lari evaziga tayyorlashdi. Ular bajonidil xayriya aksiyasida ishtirok etishdi, chunki yig‘ilgan pul mablag‘lari boshqalarga yordam berish uchun yo‘naltiriladi. Bu quvonchli bayram va birovga yaxshilik qilish - katta savob", - dedi Sotimboy Berdiyev. 

Mavzuga oid