Fan-texnika | 17:33 / 16.06.2017
9520
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik urolog jonli efirda robot-assistent yordamida jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi

professor Dmitriy Pushkar

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh urologi Dmitriy Pushkar Moskva shahridagi 50-sonli shifoxonada robot-assistent yordamida nur-terapiya olgan yosh bemorda murakkab operatsiyani amalga oshirdi. Robot daVinci shu haqda xabar berdi. 

Pushkarning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya bunday bemorni saratondan salohiyatli xalos qilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l bo‘lgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, hozirda bemorning ahvoli barqaror va u palataga o‘tkazilgan.

Jarrohlik jarayoni WRSE24 robot-marafoni doirasida Yevropa urologlar assotsiatsiyasining taklifiga binoan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Rossiyalik urologga uning chet ellik hamkasblari Piter Viklund, Aleks Mottri, Rishar Gaston, Pol Ketkart va boshqalar yordam berishdi. 

Mavzuga oid