AQShning Istanbuldagi konsulligi shaharda terakt xavfi oshishidan ogohlantirdi
Amerikaning Istanbuldagi konsulligi shahardagi teraktlar xavfi oshishidan ogohlantiruvchi bayonot bilan chiqdi. Bu haqida elchixona saytida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, AQSh fuqarolari Istanbulning ishbilarmon qismi - Shishli va Medijiyekyoy tumanlarida o‘ta hushyor bo‘lishlari zarur.
"Qo‘shma Shtatlarning Istanbuldagi bosh konsulligi Shishli va Medijiyekyoy tumanlarida xavfsizlikka tahdidning hatto terror xavfigacha oshishidan ogohlantiradi. Ogohlantirish ayniqsa Shishli tumanidagi Og‘ao‘g‘li ko‘chasiga taalluqli", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlash joizki, shu yilning 10 iyunida AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi qirollikdagi ehtimoliy terrorchi hujumlar haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024