Jamiyat | 13:51 / 18.06.2017
70904
2 daqiqa o‘qiladi

Qora dengizning rangi o‘zgardi (fotojamlanma)

Qora dengizning rangi o‘zgardi, kosmosdan olingan suratlarda uning feruza-moviy rang tusga kirganini ko‘rish mumkin. AQShning aeronavtika va kosmik kenglikni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) shu haqidagi xabar bilan bo‘lishdi. 

Ayniqsa Ruminiya, Bolgariya va Ukrainada dengiz rangining o‘zgarayotgani kuchli namoyon bo‘lgan.

Bunday o‘zgarishlar ustida kalsiy karbonati yig‘iluvchi plankton suv o‘simliklari - kokkolitoforidlarning gullashi bilan bog‘liq.

Gap shundaki, suv o‘simligining ommaviy gullashida mikroskopik organizmlar Qora dengiz suvlari rangini o‘zgartiradi. Ularning harakati oqimlar bilan belgilanadi, bu manzara koinotdan ulkan "to‘fonlar"ga o‘xshaydi. 

Dengizda kuzatilayotgan manzara - iyun oyiga xos bo‘lsa-da, bu yilgi ko‘rinish yanada yorqin tus oldi, deya ta'kidlashmoqda olimlar. Shu bilan birga suv o‘simliklarining faol gullashi suvda kislorod tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa dengiz jonivorlariga katta ziyon yetkazishi mumkin.

 

Mavzuga oid