Jamiyat | 15:15 / 18.06.2017
41097
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Kosta-Rika prezidenti intervyu vaqtida arini yeb yubordi
Kosta-Rika prezidenti Luis Gilermo Solisning og‘ziga jurnalistlar bilan suhbati vaqtida tasodifan hashorat kirib ketdi. Bu holat tasvirlari internetda tarqalgan.
Kadrlarda ko‘rish mumkinki, gapirib turgan prezidentning og‘zi yaqinida uchayotgan hashorat uning og‘ziga uchib kiradi (bu vaqtda siyosatchi jurnalistlar bilan mamlakat janubidagi beton zavodi ochilishi xususida so‘zlashayotgandi).
Davlat rahbari bu noqulay vaziyatdan yumor bilan chiqib ketgan.
«Men uni yeb qo‘ydim. Men arini yamlab yubordim. Bunaqasi har kuni ham bo‘lavermaydi. <…> Haqiqiy oqsil», — degan Kosta-Rika prezidenti kameraga qarata kulib va shundan so‘ng idishdan suv icha boshlagan.
Mavzuga oid
21:52 / 20.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi
00:29 / 25.08.2024
Britaniyada arilar to‘dasi hujumiga uchragan erkak o‘lishiga bir baxya qoldi. Uni 240 marta ari chaqdi
22:17 / 05.08.2024
Moldovalik deputat ari chaqishidan vafot etdi
20:53 / 04.05.2024