Jamiyat | 19:52 / 19.06.2017
10554
2 daqiqa o‘qiladi

Olmazorda bangixona aniqlandi

2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 23:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Olmazor tumani hududida joylashgan xonadonda Aleksandr Aleksandrovich Nasakin va Rustam Ilhomjonovich Karimovlar «opiy» giyohvand moddasini iste'mol qilish uchun bangixona tashkil qilishganliklari aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 0,52 gramm «opiy» giyohvand moddasi, shpritslar va giyohvandlik moddasini iste'mol qilish uchun asbob-uskunalar olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste'mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Nasakin va Karimovlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid