Sport | 08:28 / 22.06.2017
9232
2 daqiqa o‘qiladi

Konfederatsiyalar kubogi: Meksika Yangi Zelandiyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha Meksika terma jamoasi Konfederatsiyalar kubogi – 2017 guruh bosqichining ikkinchi turida Yangi Zelandiya termasini mag‘lub etdi. Sochidagi «Fisht» stadionida kechgan bahs meksikaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Yangi zelandiyaliklar futbolchisi Kris Vud birinchi bo‘lim oxirlarida darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqdi hamda uchrashuvda hisobni ochdi. Raul Ximenes 55-daqiqada juda kuchli zarba berib, to‘pni darvozaning yuqori burchagiga aniq joyladi.

Xaver Akino 73-daqiqada ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi va Oribe Peralta yaqin burchakka aniq va kuchli zarba yo‘llab, Meksikani hisobda oldinga olib chiqdi.

Rossiya termasi A guruhida 3-pog‘onaga tushib ketdi, Yangi Zelandiya esa Konfederatsiyalar kubogi-2017dagi ishtirokchilar orasida birinchi bo‘lib pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Rossiya termasi 24 iyun kuni Meksika bilan uchrashsa, Portugaliya Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
A guruhidagi turnir jadvali: 1. Meksika — 4 ochko; 2. Portugaliya — 4; 3. Rossiya — 3; 4. Yangi Zelandiya — 0.

Meksika – Yangi Zelandiya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 42 Vud, 1:1 – 54 Ximenes, 2:1 – 72 Peralta.
Meksika – Talavera, Salsedo (Moreno, 33; Markes, 68), Arauxo, Alanis (Errera, 46), Reyyes, Fabian, Akino, Damm, Peralta, Ximenes, dos Santos.
Yangi Zelandiya – Marinovich, Dyurent, Smit, Uinn, Boksell, Roxas (Barbaruses, 73), Lyuis (Tuiloma, 58), Tomas, Vud, Ingem (Petterson, 82), Makglinchi.

Ogohlantirishlar: Tomas (26), Errera (90), Boksell (90), Reyyes (90).

Mavzuga oid