Fan-texnika | 15:12 / 24.06.2017
29929
9 daqiqa o‘qiladi

IMZO GLASS oynalari qanday qilib energiyani tejaydi?

Energiya tejovchi oyna bu – oynani yaratishda vakuum kamerasida magnitron usulda kumush, titan, nikel xrom kabi metall oksidlarini 7 qavatdan 10 qavatgacha sepish orqali oynada maxsus qoplama yuzaga keladi. Bu qavatlar kalinligi shunday darajada yaratilganki, buning hisobiga oyna maksimal darajada nur o‘tkazish, shuningdek quyoshning infraqizil nurlarini hamda issikliqni to‘sish xususiyatiga ega bo‘ladi, oddiy oyna esa kvars qumi, soda, ohak va siniq oyna bo‘laklarini qo‘shish orqali tayyorlanadi, tarkibida hech qanday metall oksidlari bo‘lmagani hisobiga oyna energiya tejovchi xususiyatga ega emas.

Bugun biz taklif etayotgan oynalar o‘z vazifasiga ko‘ra yoz mavsumida xonani isib ketishidan, qishda sovib ketishidan saqlash hamda yilda 365 kun xonada qulay haroratni taminlab berishdan iborat bo‘lsa-da biz ushbu oynani energiya tejovchi deb nomladik.

Xo‘sh nega aynan bunday nom?

Bugun butun dunyoga o‘zining osmon o‘par binolari bilan nom tarqatgan Dubay shahri binolarining tashqi ko‘rinishini oyna tashkil etsa-da, iqlim qanchalik jazirama issiq bo‘lishiga qaramay ko‘p elektr energiyasini sarf etmay turib bino ichkarisida salqin havo haroratini taminlashga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Buning asosiy sababi o‘rganilganida shu malum bo‘ldiki, Dubay shahridagi bino romlarining oynasi energiya tejovchi oyna bilan taminlangan ekan. Xo‘sh, biz xam energiya tejovchi oyna o‘rnatsak, yoz mavsumida qanday kilib energiyani tejashga erishamiz? Mutaxasislar izlanishlari natijasida shu malum bo‘ldiki, energiya tejovchi oyna qo‘yilgan xonaga nisbatan oddiy oyna qo‘yilgan xonani salqinlatishga 40 foiz ko‘proq elektr energiyasi sarf etilar ekan.

Yoz mavsumida energiya tejovchi oyna bilan konditsioner orqali ham elektr energiyasidan 2 barobar iqtisod qilsa bo‘ladi. Oddiy oyna o‘rnatilgan xonada konditsionerni yoqib xona harorati salqinlatiladi, biroq ushbu oynada quyoshning issiq nurlarini qaytarish va xonadagi salqinlikni saqlab qolish xususiyati bo‘lmagani hisobiga, quyoshning issik nurlari xonaga kirishi natijasida xona isiydi va xonada me'yordagi salqin haroratni saqlab qolish uchun to‘xtovsiz konditsionerdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Agarda energiya tejovchi oyna o‘rnatilgan bo‘lsa, bu oyna jazirama issiqda 58 foizgacha quyoshning issiq nurini qaytaradi, xonadagi salqin haroratni saqlab qoladi. Buning natijasida xonani salqinlatish uchun konditsioner yoqiladi, malum darajada xona salqinlatilganidan so‘ng konditsioner o‘chadi, xonadagi salqin harorat uzoq muddat saqlanib qolishi natijasida konditsioner qayta ishga tushishi uchun hech qanday imkon qoldirmaydi. Bu birinchi navbatda kam quvvatli va kichik hajmdagi konditsioner olishingiz imkonini beradi, buning natijasida kam quvvat sarf bo‘ladi. Bu orqali esa, energiyani tejashga erishasiz. 

Bu hali hammasi emas. Siz, energiya tejovchi oyna o‘rnatib nafaqat elektr energiyasini, balkim o‘z hamyoningizdagi mablag‘dan ham iqtisod qilib qolasiz.

Quyidagi hisob-kitoblar orqali biz taklif etayotgan oyna chindan ham energiya tejovchi ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lishingizga ishonchimiz komil.

Quyida oddiy oyna o‘rnatilgan xonadonda yoz mavsumida konditsioner uchun sarf bo‘ladigan elektr energiyasining sarf xarajatini ko‘rishingiz mumkin:

100 kv.m joyni salqinlatish uchun – 6,8 kvt/s elektr energiyasi sarf bo‘ladi.

Yoz mavsumida 100 kv.m maydoniga ega bo‘lgan xonadonni salqinlatish uchun kun davomida o‘rtacha 6 soat konditsionerni yoqib qo‘ysak elektr energiyasiga bo‘ladigan sarf xarajat:

 6,8 kvt/s * 100 kun * 6 soat 1 kunda = 4080 kvt/s

1 kunda konditsioner uchun 4080 kvt/s elektr energiyasi sarf etilar ekan.

4080 kvt/s * 191 sum/kVt.s = 779 280 sum

Yoz mavsumida konditsioner uchun 779 280 sum sarf qilar ekanmiz.

Agar Siz IMZO GLASS energiya tejovchi oynalarini o‘rnatsangiz 40 foizgacha iqtisod qilasiz.

779 280 sum * 40% = 311 712 sum.

Qish mavsumida xonani isitish xarajatlariga to‘xtalar ekanmiz, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasida 1kv.m maydonni isitish uchun 183,2 kvt/s elektr energiyasi sarf etiladi. Ushbu holatni Shvetsiya va Finlyandiya misolida aytadigan bo‘lsak 135 kvt/s.ni tashkil etadi. Bunga sabab Shvetsiya va Finlyandiyadagi 90 foiz xonadon va bino romlari energiya tejovchi oyna bilan jihozlangan. Shu sababdan ham yuqorida nomi keltirib o‘tilgan davlatlar bizga nisbatan 40 foiz kamroq elektr energiyasini sarf etmoqdalar.

Qish mavsumida xonadonimizni isitishga har qancha o‘rinsak-da, xona haroratini me'yorida ushlash qiyin, qancha ko‘p elektr energiyasi sarflamaylik, biz kutganday natijaga erisha olmaymiz. Xonani isitish uchun elektr energiyasi sarf etamiz, xona harorati isiydi, biroq issiqlik xonada saqlanib qolish o‘rniga, oyna orqali tashqariga chiqib ketadi. Buning sababi shundaki, mutaxassislarning tadqiqotlari natijasida xonadagi issiq haroratning 40 foizi xonadonning oyna o‘rnatilgan qismidan chiqib ketishi ma'lum bo‘ldi. Issiqlik tashqariga chiqib ketganidan so‘ng, biz yana xonani isitish uchun elektr energiyasini sarf etamiz. Agarda muammoning yechimi hal etilmas ekan, ushbu elektr energiyasiga bo‘lgan ortiqcha xarajat doimiy davom etaveradi, xonamizda biz istaganday issiq harorat bo‘lishiga erisha olmaymiz.

Oddiy oyna o‘rniga energiya tejovchi oynadan o‘rnatar ekansiz, ushbu muammoni bartaraf etish barobarida, qish mavsumida xonadoningizda doimiy issiq xavo harorati bo‘lishini ta'minlaysiz. Biz taklif etayotgan energiya tejovchi oyna xonadondan oyna orqali tashqariga chiqib ketayotgan issiqlikni 87 foizgacha xonada saqlab qoladi, tashqariga chiqib ketishiga yul qo‘ymaydi. Xonani isitish uchun ma'lum darajada elektr energiyasi sarf etiladi, xona harorati isiydi va mana shu issiqlik xonada saqlanib qoladi, endilikda isitish uchun ortiqcha elektr energiyasini sarf etmaysiz. Bu orqali maksimal darajada elektr energiyasini va o‘z hamyoningizdagi mablag‘ni tejashga erishasiz.

2016 yil 1 noyabr holatidagi tarif bo‘yicha 1 kvt/s elektr energiyasi uchun to‘lov stavkasi 191 so‘mni tashkil qiladi.

Bugun biz 1 kv.m joyni isitish uchun ortiqcha 48,2 kvt/s elektr energiyasini sarf qilmokdamiz.

Buni qish mavsumi misolida o‘rtacha 100 kv.m maydoniga hisoblab ko‘rsak :

48,2 kvt/s * 191 sum/kvt.s * 100 kv.m = 920 620 sum.

1 yil davomida yoz va qish mavsumlarida siz iqtisod qiladigan mablag‘:

Yoz mavsumida elektr energiyasidan - 311 712 so‘m

Qish mavsumida elektr energiyasidan – 920 620 so‘m

Jami yillik 1 232 332 so‘m iqtisod qilar ekansiz.

Yuqorida biz faqatgina o‘rtacha 100 kv.m maydon uchun qilinadigan sarf – xarajat hakida to‘xtalib o‘tdik. Biroq, Sizning yer maydoningiz bundanda katta bo‘lishi va siz bundanda katta mablag‘ hamda elektr energiyasini tejab qolishingiz mumkin.

IMZO GLASS energiya tejovchi oynalarning 10 xil turdagi, turli xil rangli keng assortimentini taklif etadi. Siz kompaniyaning Toshkent shahridagi 12 ta shourumlaridan biriga tashrif buyurib, o‘z istagingiz va didingizga mos oynani tanlash barobarida, oynadagi yorug‘lik va quyosh nurining xonadoningizga kirish darajasini ham tanlash imkoniga egasiz. Har bir oyna o‘z xususiyatiga ega. Bu haqida to‘lik ma'lumot olish uchun Imzo akfa rasmiy shourumlariga marhamat!

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko‘chasi, 1-a.

Energiya tejovchi oyna to‘g‘risida ma'lumot olish uchun: +998 99 823-56-66

Murojaat uchun telefonlar: + 998 95 197-56-66. + 99871 207-77-77

Ijtimoiy tarmoqlardagi manzillar:

fb.com/imzoglass
instagram.com/imzo_glass

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid