O‘zbekistonda 2016 yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 110 nafar chet el fuqarosi ushlangan
O‘zbekistonda 2016 yilda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirganligi uchun ushlangan shaxslarning 110 nafarini chet el fuqarolari tashkil etib, ulardan, Afg‘oniston (24), Tojikiston (27), Rossiya (19), Qozog‘iston (14) va Qirg‘iziston (9), fuqarolaridir.
Ulardan 340 kg narkotik vositalari, 2461 ta psixotrop tabletkalar, 45,8 gr. prekursorlar musodara qilindi.
“Qora dori - 2016” keng qamrovli tadbiri davomida jami 1070 ta holatda 4933 kv.m. maydonda tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklar ekilganligi aniqlandi. 2037 kv.m. maydondagi yovvoyi nasha o‘simliklari yo‘q qilindi.
IIV tomonidan 5890 ta narkojinoyat aniqlanib, 1632 kg narkotik vositalari musodara qilindi. MXX Chegara qo‘shinlari tomonidan 142 ta holatda, 182,8 kg narkotik vositalari musodara qilindi. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan narkotik va psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq 345 ta holat aniqlandi. Natijada 616,1 kg narkotik, 6099 dona psixotrop tabletkalar hamda 1,7 kg va 1,5 litr prekursorlar musodara qilindi.
Bosh prokuratura tomonidan huquq-tartibot idoralari tergov olib borgan narkotik vositalari bilan bog‘liq 4762 ta jinoyat ishi nazorat tariqasida o‘rganildi. Respublika sud organlari tomonidan 4726 nafar shaxsga nisbatan narkotik vositalarning noqonuniy muomalasiga oid 3484 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
16:04 / 29.11.2024
3 yoshli bolaning qotili 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024