Jahon | 11:24 / 25.06.2017
89010
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi

Foto: istanbulhaber.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muqaddas Ramazon oyi yakuniga bag‘ishlangan Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi. CNN Turk yakshanba kuni shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Istanbulning Otashexir tumanidagi Mimar Sinan masjdida o‘qilayotgan Hayit namozi vaqtida kutilmaganda turk rahbarining qonidagi qand miqdori oshib ketgan va u hushini yo‘qotgan.

Shifokorlar unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishgan, shundan so‘ng davlat rahbari o‘ziga kelgan. 

Mavzuga oid