Jamiyat | 18:38 / 26.06.2017
13141
1 daqiqa o‘qiladi

Arkanzasda 32 yil avval qamoqdan qochib ketgan jinoyatchi ushlandi

AQShning Arkanzas shtatida 32 yil avval qamoqdan qochib ketgan mahbus ushlandi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda

Stiven Dishman ismli bu qochoq shtatning shimolidagi Springdeylda qo‘lga olindi. U o‘g‘irlik uchun 7 yillik qamoq jazoni o‘tayotgan Linkoln okrugi qamog‘idan 1985 yil may oyida qochishga muvaffaq bo‘lgan. Telekanalning ta'kidlashicha, Dishman unga chiqarilgan jazo hukmi kuchga kirgandan 3 yil o‘tib, ya'ni 1987 yilda shartli-muddatdan avval ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lgandi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari Dishmanning qayerda ekanligini qanday bilishgani tafsilotlari oshkor etilmagan. Qochoq jazo muddatining qolgan qismini o‘tash uchun qamoqqa olinadi. Prokuratura shuningdek Dishmanga qochgani uchun jazo muddati oshirilishi kerak-kerakmasligi borasida qaror chiqaradi.

Mavzuga oid