Sport | 21:31 / 27.06.2017
5413
1 daqiqa o‘qiladi

"PSJ" darvozaboni Italiya jamoasiga o‘tdi

Italiyaning "Torino" klubi rasmiy saytida "PSJ" darvozaboni Salvatore Siriguning klubga o‘tganini e'lon qildi. Italiya klubi 30 yoshli darvozabonning transferi tafsilotlari va shartnomasi muddatini oshkor qilmagan.   

"Bu jamoaning bir qismi bo‘lishdan mamnunman. Men "Torino"ni tanlaganimning boisi, klub menga tegishli e'tibor qaratdi va men bu yerda oxirgi yillar davomida qurilayotgan loyihani ko‘rdim. Prezident va klub menga o‘zimni ular uchun muhim deb his qilishimga imkon berdilar", deb aytgan Sirigu.

Avvalroq matbuotda italiyalik yangi klubida 3 yillik shartnoma bo‘yicha yiliga 1,2 mln yevro maosh olishi ma'lum qilingandi. Joriy mavsumda Sirigu ijara asosida "Sevilya" va "Osasuna" darvozalarini himoya qilgan.

Mavzuga oid