Jamiyat | 13:46 / 28.06.2017
19498
1 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaylida "xavfli guruh"ga kirgan 205 shaxs aniqlandi

Qoraqalpog‘istonning joylardagi militsiya tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari tomonidan 243 fuqaro MTPiga olib kelindi va 207 shaxs har xil huquqbuzarliklarni amalga oshirgani uchun intizomiy javobgarlikka tortildi, deya xabar bermoqda Kruz.uz "Yerkin Qaraqalpaqstan" nashriga asosan.

Bundan tashqari, asosiy yashash joyiga, qishloq hududiga qaytib kelgan 125 fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. 

Xo‘jayli tumanidagi 29 MFYda va 10 qishloq MFY, 24 tayanch punktlarida 36 profilaktika inspektorlari ish olib bormoqda. 

Tuman hududida "xavfli guruh"ga kirgan 205 shaxs aniqlandi. Ularning orasida profilaktika ishlari olib borilishiga qaramasdan, hali bu yo‘nalishda ishlanadigan ishlarning ko‘pligi ma'lum bo‘ldi. 

Mavzuga oid