KXDR Janubiy Koreya sobiq prezidentini qatl etishga chaqirdi
Shimoliy Koreyada maxsus buyruq chiqdi, unda Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe va mamlakat razvedka rahbarini qatl etishga chaqirilgan. Ular KXDR yetakchisi Kim Chen Inni yo‘q qilish bo‘yicha rejalarga ega bo‘lgani tufayli qatl etilishi lozim ekan. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
«Ma'lum bo‘lishicha, Pak Kin Xe Janubiy Koreyadan «Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilish» bo‘yicha amaliyotni o‘z prezidentlik muddati davomida razvedka xizmati bilan til biriktirgan holda ilgari surgan», - deyiladi xabarda.
MTAG ma'lumot bergan manbani ochiqlamay turib, 2015 yilda Janubiy Koreyadan bo‘lgan «terrorchilik guruhi» KXDR hududiga MRB yordamida kirib, mamlakat oliy rahbariyatiga qarshi biokimyoviy qurolni qo‘llashga harakat qilganini iddao etgan.
Bundan tashqari, xabar berilishicha, janubiy koreyalik agentlar shu tariqa Kim Chen Inning o‘limini uyushtirmoqchi bo‘lganlar, bu baxtsiz hodisaga o‘xshash bo‘lishi kerak edi.
OAV: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti ma'muriyati Kim Chen Inni o‘ldirishni rejalashtirgan
Mavzuga oid
12:20 / 24.12.2024
NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
19:15 / 23.12.2024
KXDR Rossiya-Ukraina urushida mingdan ortiq harbiysidan ayrilgani ma’lum qilindi
09:12 / 23.12.2024
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
16:31 / 18.12.2024