Jahon | 17:03 / 01.07.2017
7086
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda otishma yuz berdi, 17 kishi yaralandi
AQShning Arkanzas shtatidagi tungi klubda ro‘y bergan otishma natijasida 17 kishi jabrlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, otishma arzimagan sabab tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Politsiya ushbu hodisaning teraktga aloqasi yo‘q, deb hisoblamoqda.
Ayni damda bu borada surishtiruv o‘tkazilmoqda.