O‘zbekiston | 07:35 / 04.07.2017
37003
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi vazir o‘rinbosari maktab darsliklariga kompyuter o‘yinlarini kiritishni taklif qildi

Xalq ta'limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa'dullayev xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida o‘z taklifi bilan murojaat qildi. 

"Hozirda ko‘pchilik kitobni planshet, kompyuter, telefonlarda o‘qiydi. Agar maktab darsliklari, jumladan, iqtisodiyot faniga bozor holatini o‘rganib chiqqan holda kompyuter o‘yinlari kiritilsa, ularning natijalari chorak baholariga qo‘shib borilsa, bu bolalar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. Mazkur jarayon amaliy soat tariqasida o‘tadi. Masalan, "Ferma" o‘yini ko‘pchilikka juda yaxshi tanish. Biz bu o‘yindan fermani qanday qurish bo‘yicha umumiy xulosa chiqarganmiz. Biz ham darslarga internet bilan bog‘liq simulyatsion o‘yinlarni qo‘shsak bo‘ladi", - dedi Alisher Sa'dullayev.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurultoyda chiqish qilgan 23 yoshli Alisher Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlagan.

Mavzuga oid