Jahon | 16:00 / 04.07.2017
13900
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar Xalqaro dengiz tashkilotiga murojaat qildi

Foto: Reuters

Qatar Xalqaro dengiz tashkilotiga (IMO) rasmiy Dohaga qator cheklovlar o‘rnatgan arab davlatlari ustidan shikoyat qildi. Bu haqda QNA axborot agentligi xabar tarqatdi.

Qatar Transport va aloqalar vaziri Jasim as-Sulatiy IMO bosh kotibi Kitaku Limaga arab davlatlari Qatarning dengizdagi xavfsizligiga rioya etmayotgani yuzasidan bildirishnoma yo‘llagan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr, Yaman, Liviyaning muvaqqat hukumati, Maldiv Respublikasi va Mavrikiy Respublikasi Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma'lum qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va arab davlatlarining ichki ishlariga aralashishda aybladi.

Keyinroq bu davlatlar qatoriga Mavritaniya va Komor orollari qo‘shildi, Iordaniya va Jibuti esa bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirdi.

Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn Qatarga 13ta talabdan iborat ro‘yxatni yo‘lladi va bu talablar 10 kun ichida bajarilsa, sanksiyalar bekor qilinishi bildirildi. Keyinroq bu muddat yana 2 kunga uzaytirilgan.

Mavzuga oid