AQSh hukumati samolyot salonida yirik elektron qurilmalarga nisbatan joriy qilingan taqiqlovni bekor qildi
Dubayda joylashgan Emirates aviakompaniyasi o‘zining AQShga yo‘l olgan samolyotlari salonida noutbuklarni olib yurishga nisbatan joriy qilingan taqiqlov bekor qilinganini ma'lum qildi. The National gazetasi shu haqida xabar berdi.
"Emirates aviatsiya sohasi o‘yinchilari va mahalliy hukumat bilan birga AQSh hukumatining talablarini qoniqtiruvchi qat'iy choralarni amalga oshirish ustida ishladi", - dedi aviakompaniya vakili.
Shuningdek Turkiyaning Turkish Airlines aviatashuvchisi ham Amerika hukumati yirik elektron qurilmalarni samolyot salonida olib o‘tishga nisbatan joriy qilingan taqiqlovni bekor qilgani to‘g‘risida e'lon qilgan.T
"Hurmatli, AQShga parvoz qilayotgan yo‘lovchilar! Kamarlaringizni taqib, elektron qurilmalaringizdan foydalanib zavq oling", - deyiladi aviakompaniyaning Twitter'dagi mikroblogida.
Turkish Airlines bosh direktori Bilol Ekshi Buyuk Britaniyadan ham shunday qarorlarni kutib qolishini bildirgan.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04