Feyk: Putin Tramp va Erdo‘g‘an davrasida
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Vladimir Solovyov va boshqa blogerlar joylashtirgan ishonchsiz suratga e'tibor qaratishdi.
8 iyul kuni internetda Vladimir Putin Hamburgdagi «Katta yigirmatalik» sammiti vaqtida boshqa davlatlar rahbarlari o‘rtasida o‘tirgani tasvirlangan surat tarqaldi.
Suratda Rossiya prezidenti AQSh prezidenti Donald Tramp, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li (uni Putin surati orqali to‘sib qo‘yishgan) va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tasvirlangan.
Bu suratni dastlab bloger Dmitriy «Goblin» Puchkov o‘z instagramida nashr etdi.
Ko‘p o‘tmasdan bu suratni teleboshlovchi Vladimir Solovyov qayta nashr qildi.
Keyinroq yozuvchi va publitsist, OAVda «„Antimaydan“ faoli» sifatida tanilgan Iliyas Merkuri ushbu suratni tvitterida e'lon qildi.
Aslida bu surat — feyk. Getty Images e'lon qilgan haqiqiy suratda Putin bu o‘rinda yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Haqiqiy suratda Tramp, Chovusho‘g‘li va Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meydan bo‘shagan stul atrofida nimanidir qizg‘in muhokama qilayotgani ko‘rinadi. Orqa fondagi Angela Merkelda ham feyk suratdagi kabi Georgiyev lentasi yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tezlik bilan reaksiya bildira boshlashgan va bu surat fotoshop qilinganini sezmasdan tarqatgan jurnalistlarni tanqid qila boshlashgan. Ular Merkuri va Solovyovdan dezinformatsiya qilmaslikni so‘rashgan.
Keyinroq Solovyov suratni o‘chirgan.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024