Tramp Putin bilan nimalar haqida suhbatlashganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juma kuni Hamburgdagi G20 sammiti maydonlarida bo‘lib o‘tgan muzokaralari mazmunini izohlab o‘tdi.
«Men ikki bor prezident Putin oldiga Rosssiyaning bizning saylovlarga aralashuvi masalasini ko‘ndalang qo‘ydim. U bu ayblovni mutlaqo rad etdi. Men bu masaladagi o‘z fikrimni bildirdim», — deb yozgan Tramp o‘zining Twitter mikroblogidagi rasmiy sahifasida.
Tramp rossiyalik hamkasbi bilan tuzilishini muhokama qilgan kiberxavfsizlik bo‘yicha ishchi guruh «aralashuv» masalalaridagi savollarga ham o‘rin qoldirmasligidan umid qilayotganini bildirib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, uchrashuvda tomonlar Suriyaning janubiy-g‘arbiy qismida «jonlarni asrab qoluvchi» sulh tuzilishi haqida kelishib olishgan va «Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilib yanada ilgarilash uchun fursat yetgani»ni qo‘shimcha qilgan.
«Biz Suriya hududlarida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdik, bu insonlarning hayotini qutqarish uchun. Endi Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilish vaqti keldi», — deya qayd etgan amerikaliklar yetakchisi.
Ilgariroq The New York Times gazetasi davlat kotibi Reks Tillersondan ma'lumot olgan Oq uy amaldorlaridan biriga tayanib xabar berishicha, Hamburgda davlat rahbarlari Rossiyaning Amerika prezidenti saylovlariga «aralashuvi» deb ataluvchi masalani 40 daqiqa davomida muhokama qilishgan.
Prezidentlar uchrashuvi yarim soat davom etishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, alal-oqibatda u ikki yarim soatga cho‘zilgan.
Mavzuga oid
15:59
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
16:18 / 24.12.2024
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
09:53 / 24.12.2024