Jahon | 23:49 / 11.07.2017
17177
1 daqiqa o‘qiladi

Fors ko‘rfazidagi nizo minglab tuyalarning nobud bo‘lishiga olib keldi

Foto: FreeImages.com Content License

Qatarliklarga tegishli minglab tuyalar Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududidan qatarliklarga tuya podalarini olib chiqib ketishni talab qilgandan keyin tashnalikdan nobud bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

"Men Saudiya Arabistonidan qaytdim. O‘z ko‘zlarim bilan yo‘lda yotgan 100 dan ko‘proq o‘lik tuya va qo‘ylarni ko‘rdim", deb aytdi tuya to‘dalaridan birining egasi Husayn Al-Marriy.   

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, oxirgi kunlarda Qatarda 12 mingdan 25 minggacha tuya nobud bo‘lgan.

Qatar hukumati fermerlarga yordam berishga qaror qilib, chegarada maxsus oromgohlar tashkil qilishgan.

Mavzuga oid