Jamiyat | 13:18 / 12.07.2017
6604
1 daqiqa o‘qiladi

Qariyb 10 mln so‘mlik qurilish mollarini o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yangi qurilayotgan “Uz GTL” korxonasi hovlisidan umumiy qiymati 9.785.067 so‘mlik qurilish mollari o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda korxona mutasaddilari tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ushlash uchun ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida jinoyatchilar ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi. Ularning shaxsi aniqlashtirilganda, biri Dehqonobod tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan O.B va boshqasi Koson tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan J.Q lar ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid