Jahon | 10:09 / 15.07.2017
12842
1 daqiqa o‘qiladi

Raul Kastro Trampni tanqid qildi

Foto: Estudios Revolución

Kuba Davlat kengashi raisi Raul Kastroning Milliy assambleya yig‘ilishi davomida ma'lum qilishicha, prezident Donald Tramp munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvni bekor qilganiga qaramay, u AQSh bilan muloqotni davom ettirishga tayyor. 

«AQSh hukumati blokadani yangi taqiqlarni joriy etish orqali kuchaytirishga qaror qildi. Yangi choralarni kiritishda “sovuq urush” davridagi kayfiyat hukm surdi», - deya Kastroning so‘zlarini keltiradi Granma.

Uning ta'kidlashicha, Kuba AQSh bilan muloqotni suverenitetni hurmat qilish asosida davom ettirishga tayyor.

Mavzuga oid