Sport | 00:43 / 16.07.2017
12937
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» Xames bilan ilk o‘yinida Telekom Kubogini qo‘lga kiritdi

Germaniyaning «Bavariya» jamoasi Telekom Kubogi o‘rtoqlik musobaqasi finalida «Verder»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv Myonxengladbaxdagi «Borussiya-Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Tomas Myuller va Xuan Bernat gollarga mualliflik qildi. 37-daqiqada Myuller penaltini ura olmadi. Myunxen jamoasi tarkibida maydonga ilk marotaba kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges tushdi. U shu yil yozda «Real»dan ijara asosda ushbu jamoaga o‘tgan edi. 

Turnirning uchinchi o‘rni uchun o‘yinda Myonxengladbax «Borussiya»si «Xoffenxaym»ga penaltilar seriyasida 5-6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu musobaqa o‘yinlari bir taymdan o‘tkaziladi. Asosiy vaqtda durang qayd etilsa, penaltilar seriyasi belgilanadi. 

Mavzuga oid