Jamiyat | 11:27 / 17.07.2017
22368
2 daqiqa o‘qiladi

Yuzida 29 ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan 8 yoshli qizcha: Tabassum qilishda davom etmoqdaman

Buyuk britaniyalik sakkiz yoshli Meyzi Kulton noyob genetik kasallik - Tricher Kollinz sindromidan aziyat chekadi. Bu kasallik bosh suyak-yuz shaklining o‘zgarishi bilan ajralib turadi hamda 50 ming chaqaloqdan bir nafarida uchraydi.

Meyzining onasi Sara qizini ilk bora ko‘rganda, unda muammolar bor ekanini tushungan – qizchada quloqlari bo‘lmagan, yuz shakli esa o‘zgargan edi. Bundan tashqari, Meyzi nafas ololmagan – tug‘ruqdan so‘ng shifokorlar unga maxsus trubka o‘rnatishdi va jonlantirish bo‘limiga yotqizishdi.

Meyzi murakkab tug‘ma kasallik tufayli yuzida 29 ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi: uning jag‘lari, lunjlari va hattoki ko‘zlarini to‘g‘irlashgan. 

Qizcha boshidan o‘tkazgan barcha sinovlarga qaramay, hayotdan quvonib yashaydi. Meyzi tashqi qiyofasiga e'tibor qaratgan kishilarga kasalligi haqida batafsil so‘zlab beradi. Biroq, doimiy e'tibor uning g‘ashiga ham tegadi.

"Meyzi o‘ziga tikilib qaraydigan kishilardan charchaydi. Uni shunday qabul qiluvchi kishilar bilan muloqot qilishni yoqtiradi" – deydi uning onasi Sara Kulton.

 

Mavzuga oid