O‘zbekiston | 14:16 / 19.07.2017
11342
1 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimlariga navbatdagi maxsus unvon-martaba darajalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Adliya vazirining buyrug‘i bilan ayrim davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlariga belgilangan martaba darajalari berildi.

Jumladan, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Toshkent shahar Yakkasaroy, Mirobod, Yunusobod, Shayxontohur, Yashnobod, Uchtepa tumanlari Davlat soliq inspeksiyalari, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmalari, “O‘zmilliybank” Toshkent shahar bosh boshqarmasi, “O‘zmilliybank” Sergeli filiali yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi.

2017 yil 18 iyul kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasida o‘tkazilgan seminar-yig‘ilishda ushbu martaba darajalari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.   

Mavzuga oid