Fan-texnika | 23:16 / 20.07.2017
10692
3 daqiqa o‘qiladi

Google Xalqaro kosmik stansiya bo‘ylab virtual sayohat tashkil etdi

© Foto: Google matbuot xizmati

Google Xalqaro kosmik stansiya bo‘ylab virtual tur tashkil etdi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Ekskursiya Google xaritalar saytidagi «Ko‘chalarni tomosha qilish» (Street View) xizmati yordamida uyushtiriladi, deb yozmoqda RIA Novosti.

© Foto: Google matbuot xizmati

Virtual sayohat uchun fotosuratlar XKSda bortinjyener bo‘lib xizmat qilgan Yevropa kosmik agentligi (EASA) astronavti Tomas Peske muallifligida olingan.

«Xalqaro kosmik stansiyada men o‘tkazgan olti oyni so‘z bilan ifodalab berish qiyin, koinotga chiqqanimda his qilganlarimni esa birorta fotosurat aks ettira olmaydi. Stantsiyadagi so‘nggi topshirig‘im chog‘ida men barchada bu unikal joyni tomosha qilish imkoniyati bo‘lishi, koinotdan turib Yerni tomosha qilish qanday ekanligini bilishlari uchun XKS muhitini Google Street View uchun maxsus suratga oldim», — deb hikoya qiladi Peske.

© Foto: Google matbuot xizmati

Uning qo‘shimcha qilishicha, fotosuratlarga izohlar ham berilgan bo‘lib, ular foydalanuvchilarga tasvirlangan narsani yaxshiroq anglashlariga ko‘mak beradi. Fotosuratlarga izohlarda fazogirlarning badantarbiya mashg‘ulotlari va yemaklari, shuningdek, ilmiy tajribalar haqida hikoya qilinadi.

Peskening tushuntirishicha, koinotga xos cheklovlar tufayli an'anaviy texnologiya asosida suratga olishning iloji bo‘lmagan. Shu sababli Street View jamoasi NASA ekspertlari bilan birgalikda vaznsizlik holatida oddiy ko‘zguli kamera va bortda mavjud boshqa uskunalar bilan suratga olish usulini o‘ylab topishgan.

© Foto: Google matbuot xizmati

S'yomka chog‘ida fazogirlar stansiyaning murakkab tuzilishi tufayli, shuningdek, suratga olish ishlari uchun qat'iy cheklangan vaqt ajratilgani sababli ko‘plab muammolarga duch kelishgan.

«Bularning barchasini Yerdan turib boshqaruvsiz, XKSdagi hamkasblarim va ularni koinotga uchirgan davlatlarning hamjihatligisiz amalga oshirish mumkin bo‘lmasdi. Endi, men yuqoridan turib Yerni tomosha qilish baxtiga erishganimdan so‘ng atrofimga boshqacha nazar bilan boqadigan bo‘ldim. Umid qilamanki, Street View xizmati orqali XKSga sayr qilib, olamga bo‘lgan nigohingiz ham o‘zgaradi», — deya ta'kidladi Peske.

© Foto: Google matbuot xizmati

Qayd etilishicha, XKSning Rossiyaga tegishli bo‘lmasiga sayr qilish davomida fazogirlarning stansiyadagi turmushiga oid turli narsalar — texnik asbob-uskunalardan tortib, tish pastasi kabi maishiy narsalargacha ko‘z tushadi.

Mavzuga oid