Jahon | 17:20 / 20.07.2017
13133
1 daqiqa o‘qiladi
Lotin Amerikasida kuchli qor va sovuq ob-havo hukm surmoqda
Lotin Amerikasi mamlakatlarida anomal sovuq ob-havo hukm surmoqda: kunduzi havo harorati 20 darajagacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda Misiones portali.
Hafta qit'aning ko‘plab shaharlaridagi kuchli qor bilan bog‘liq murakkabliklardan boshlandi. Sovuq atmosfera girdobi janubdan shimolga qarab harakat qilmoqda va Janubiy Braziliya, Paragvay, Peru hamda Urugvayning ba'zi mintaqalariga yetib bordi.
Xabar qilinishicha, Argentinaning turli hududlarida qattiq sovuqlar sabab kamida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Urugvayda havo harorati -10 darajaga qadar tushib ketdi, yaqin kunlarda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:40 / 18.04.2024
Argentina NATO global hamkori bo‘lish istagini bildirdi
09:46 / 20.07.2023
O‘zbekiston turizm salohiyati Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlarida targ‘ib qilinadi
10:11 / 05.12.2022
Toshkentda ob-havo sabab avtobuslar oraliq interval vaqtlari ortishi mumkin
17:46 / 04.12.2022