Jahon | 15:20 / 20.07.2017
24961
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya politsiyasi shahzodani qo‘lga oldi, bu qirolning shaxsan buyrug‘i bilan ro‘y bergan

Saudiya Arabistonida huquqni muhofaza qilish idoralari shahzoda Saud bin Abdul-Aziz bin Musaidni qo‘lga olishdi. Bu qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning buyrug‘iga ko‘ra ro‘y bergan. 

Al-Ekhbariya nashrining xabar qilishicha, hodisa internetda shahzodaga o‘xshash bo‘lgan insonning kishilarga hujum qilishi tasvirlangan video paydo bo‘lganidan so‘ng yuz bergan. 

Qirol ehtimoliy qonunbuzar va uning barcha hamtovoqlarini qamoqqa olish haqida buyruq bergan. Davlat rahbari ro‘y bergan holatni “vakolatlarni suiiste'mol qilish” deb atagan.

Endilikda tergovchilar ro‘y bergan holatni surishtiruvdan o‘tkazishi va hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashi lozim.

Ma'lum bo‘lishicha, 1 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda hukmron oila a'zolaridan biri odamlarni do‘pposlashda ishtirok etayotganiga doir videolavhalar keng tarqalgan. Lavhani 300 mingga yaqin kishi tomosha qilgan. 

Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati Ushaykir qadimiy qishlog‘ida kalta yubkada sayr qilgan qizni qo‘lga olgani xabar qilingandi. Keyinchalik kalta yubkasi uchun hibsga olingan qiz ozodlikka chiqarildi.

Mavzuga oid