Jahon | 21:50 / 23.07.2017
8196
3 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Qatarning Fors ko‘rfazidagi inqirozni hal etishdagi pozitsiyasini olqishlaydi

Britaniya Qatarning Fors ko‘rfazidagi inqirozni hal etishdagi pozitsiyasini olqishlaydi. Birlashgan qirollik hukumatining saytida e'lon qilingan xabarda Britaniya TIV rahbari Boris Jonson shunday degan.

Yaqin Sharq davlatining amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning juma kungi bayonoti — mamlakat suverinetetiga rioya etilsa, Qatar o‘zaro muzokara va muloqotga tayyorligini bildirib o‘tganligiga britaniyalik vazir shunday sharh bergan, deb yozmoqda TASS.

«Men Qatar amirining terrorchilikning barcha ko‘rinishlariga, jumladan, uni moliyalashtirishga qarshi kurashish istagini olqishlayman. Amir Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn bilan mavjud ixtilofni Kuvayt vositachiligida, muloqot va muzokaralar bilan tartibga solish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi», — degan Jonson.

Tashqi siyosat idorasining rahbari Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn rasmiy Dohaning bayonotidan so‘ng harakatga kelishi va «embargoni bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi»ga ishonishini aytib o‘tgan. Jonsonning o‘zlariga ko‘ra, «mavjud kelishmovchiliklarni muhokama qilish imkonini beradi».

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlarning ichki ishiga aralashuvda ayblab, Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishi haqida bayonot berishgan edi. Shundan so‘ng Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar, joriy etilib, amirlik qamal qilindi. Qatar hukumati afsus bilan xorijlik hamkorlarining qarorlari asossiz ekanligini ta'kidladi. Ilgariroq bu to‘rt davlat Doha oldiga 13 talabdan iborat ultimatum qo‘yishdi, biroq u rad etildi. «To‘rtlik»ning Qohirada 5 iyul kuni uchrashgan TIV rahbarlari munosabatlar tiklanishi uchun Qatar rahbariyati og‘ishmay amal qilishi lozim bo‘lgan olti prinsipni belgilab olishdi. Ularning orasida terrorchilikni moliyalashtirishni bas qilish, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etishdan bosh tortish, terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish, kabi bandlar bor.

Mavzuga oid