Jahon | 18:17 / 24.07.2017
6468
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda portlash yuz berdi, qurbonlar ko‘p

Foto: AFP

Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, yana 32 nafar inson jarohat oldi. Bu haqda Geo TV xabar bermoqda.

Portlash Arfa Karim nomidagi texnopark yonidagi Feruzpur Roud ko‘chasida joylashgan sabzavot bozoriga kiraverishda yuz bergan. Jabrlangan 32 insondan 11 nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Politsiya vakillarining telekanalga ma'lum qilishicha, portlashni xudkush terrorchi uyushtirgan. Uning maqsadi huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarini yo‘q qilish bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kamida uch politsiyachi halok bo‘lgan, bir necha nafari jarohatlangan.

Mavzuga oid