Sport | 19:13 / 27.07.2017
13752
2 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik uchrashuvlarida yana bir kutilmagan hisob «Inter» va «Bavariya» o‘yinida qayd etildi

Singapurdagi «Milliy» stadionda Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Bavariya» va «Inter» uchrashuvi o‘tkazildi. Luchano Spalletti shogirdlari bu uchrashuvni osonlik bilan o‘z foydasiga hal qildi. 

O‘yinning 8-daqiqasidayoq «Inter» Antonio Kandreva va Eder juftligi kombinatsiyasidan keyin hisobda oldinga chiqdi - 1:0. Eder 30-daqiqada Ivan Perishichning pasini golga aylantirdi  – 2:0.

O‘yinning qolgan qismida vaziyat o‘zgarmadi. «Bavariya» turnirda uchinchi marta mag‘lub bo‘ldi. Bungacha myunxenliklar «Arsenal»ga penaltilar seriyasida yutqazgandi (2:3), keyin «Milan»ga qarshi o‘yin yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan tugadi (0:4). Shuningdek, «Chelsi»ga qarshi o‘yinda 3:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan.

«Inter» esa «Lion» bilan uchrashuvda g‘alaba qozongandi (1:0).

International Champions Cup
«Bavariya» – «Inter» 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 8 Eder, 0:2 – 30 Eder.
«Bavariya» – Ulrayx (Xofmann, 69), Alaba, Xummels (Martines, 46), Rafinya (Fridl, 46), Gettse, Xames (Myuller, 46), Dorsh, Riberi (Pantovich, 33), Tolisso (Sanshesh, 46), Koman, Levandovski (Vintsxaymer, 69).
«Inter» – Handanovich, Shkrinyar (Ranokkiya, 90), Nagatomo (Valietti, 90), D`Ambrozio (Ansaldi, 84), Miranda (Murilo, 84), Kondogbia, Valero (Galyardini, 66), Joau Mariu (Brozovich, 66), Kandreva (Biabiani, 65), Perishich (Pinamonti, 84), Eder (Gabriel, 50).
Ogohlantirish: Gettse (59).

Mavzuga oid