O‘zbekiston | 15:57 / 28.07.2017
8533
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot xavfsizligini ta'minlash markazida kechayu kunduz ishlaydigan monitoring guruhi tashkil etildi

Axborot xavfsizligini ta'minlash markazida kechayu kunduz faoliyat ko‘rsatadigan monitoring guruhi tashkil etildi hamda “ishonch telefoni” ishlamoqda. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.

Yangi xizmat foydalanuvchilarga yordam va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni yanada yo‘lga qo‘yish va axborot xavfsizligini buzish bilan bog‘liq ravishda sodir etilishi mumkin bo‘lgan hodisalarga tezkor javob qaytarish maqsadida tashkil etildi.
 
Xabar berilishicha, guruh mutaxassislari milliy axborot infratuzilmasi foydalanuvchilariga +998 (95) 170 98 97 bevosita muloqot telefon raqami orqali 7/24 rejimida zarur maslahat, ma'lumot va boshqa yordamlarni ko‘rsatishga tayyor.


Eslatib o‘tamiz, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi kompleks axborot tizimlari, “Elektron hukumat” resurslari va ma'lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta'minlash, shuningdek davlat organlarining tegishli tizim va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish maqsadlarida tashkil etilgan.

Mavzuga oid