Jahon | 13:46 / 28.07.2017
9701
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Namning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha ayblanuvchilar ustidan jarayon qachon boshlanishi ma'lum

Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning katta akasi Kim Chen Namning o‘ldirilishida ayblanayotgan ayollar ishi bo‘yicha jarayon 2 oktabr kuni boshlanadi. Bu haqda Reuters Malayziya Oliy sudi qaroriga asosan xabar bermoqda.

Indoneziyaning 25 yoshli fuqarosi Siti Aysia va Vetnamning 29 yoshli fuqarosi Doan Txi Xuong ushbu ishda gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda. Agarda ularning aybi isbotlansa, o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin

13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida Shimoliy Koreya fuqarosi o‘ldirildi. Uning yonidan Kim Chxol nomiga rasmiylashtirilgan pasport bo‘lgan. Malayziya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, u Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Nam bo‘lgan. Erkakning terisida asab-falajlovchi VX moddasi izlari topildi. Bu modda esa kimyoviy qurol to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan.

Mavzuga oid