Sport | 15:02 / 28.07.2017
12944
2 daqiqa o‘qiladi

«Roma» prezidenti: «Milan» aqldan ozgan!»

«Roma» prezidenti Jyeyms Pallotta yozgi transferlar mavsumida 210 million yevroga yaqin pul sarflab o‘n nafar yangi futbolchi sotib olgan «Milan» klubi transfer siyosatini tanqid ostiga oldi.

«Moliyaviy feyr-pley qoidalarini deb klubimizda butunlay tartibsizliklar yuzaga kelgan. Bunga bitta misol sifatida jamoaning eski rahbarlari ketganidan ularning ishlarini tartibga solish uchun qilayotgan harakatlarimizni aytish mumkin.

Hozir esa bu qoidalarni «Milan» misolida taqqoslab ko‘rayapman va nima bo‘layotganini umuman tushuna olmayapman. Bunda hech qanday bir mantiq yo‘q! Avvaliga klub xo‘jayinlari pul yo‘qligini aytishgandi va shu sababdan Londondagi tanishlarimning biridan deyarli 300 mln yevro miqdorida katta foiz bilan qarz olishdi. Endi ular bu pullarni ishlatishyapti yoki qandaydir avans takliflar bilan kelishuvga erishyapti. Lekin bir narsa aniq-ki, ular baribir qarzlarini o‘z vaqtida yopishi kerak bo‘ladi.

Ular bularning barchasini YeChLga yo‘llanma olish uchun qilayotganini aytishmoqda. Lekin buning o‘zi yetarli emas. Klub topayotgan foyda futbolchilar uchun to‘lanadigan maosh bilan bir xil bo‘lib turganida... Qanday be'mani narsalar sodir bo‘lmoqda, bilmadim ochig‘i. «Milan» — A Seriyada aqldan ozgan yagona jamoa!

Balki ularda biz qachondir ko‘rib qolishimiz mumkin bo‘lgan juda katta biznes-reja bordir. Ammo boshqa klublar o‘zlarini milanliklardek tutayotgani yo‘q. Kimdir menga «Milan» strategiyasiini tushuntirib bersin, sababi, shaxsan o‘zim nima bo‘layotganini tushuna olmayapman», — deya Pallottaning so‘zlarini keltiradi Football Italia nashri.

Mavzuga oid