Dunyodagi eng keksa oila uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
Shimoliy irlandiyalik 13 nafar aka-uka va opa-singillar o‘z sog‘lig‘i va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Ularning umumiy yoshi 1073 yilga teng, deb yozmoqda Daily Mail gazetasi.
Donelli oilasi Ginnessning rekordlar kitobiga joriy yilda kiritildi. Aka-ukalarning eng kattasi 93 yoshda bo‘lsa, eng kichigi – 72 ga kirdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, otalaridan uyqudan oldin “issiq nimanidir” iste'mol qilish odati o‘tgan.
"Kechki soat 22:00lar atrofida suli yormasi, ertalabki soat 7 da bo‘ladigan nonushtaga ham shu mahsulot. Suli, sut va biroz olma shinnisi", - deydi aka-ukalarning kichigi Jo.
Nashrning ta'kidlashicha, suli bo‘tqasi qon bosimi, xolesterin darajasini pasaytiradi, yurakni himoya qiladi hamda qandli diabetdan yaxshi profilaktikadir.
Donelli oilasi a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, ular butun hayoti davomida faqatgina tabiiy mahsulotlarni iste'mol qilganlar: o‘z bog‘larida yetishtirilgan meva va sabzavotlar, uy tuxumlari. Oilada nonni ham o‘zlari yopishgan, spirtli ichimlikni esa chetlab o‘tishgan.
Mavzuga oid
15:31 / 23.12.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan yosh oila O‘zbekistonga qaytarildi
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024
Bolalikdagi qiyinchiliklar miyaning rivojlanishini sekinlashtiradi - tadqiqot
09:52 / 26.11.2024