Fan-texnika | 12:20 / 02.08.2017
20157
1 daqiqa o‘qiladi

Beeline‘ning 4G tarmog‘i O‘zbekistonning 11 shahrida ishga tushirildi

Aloqa operatori Beeline 4G qoplami haritasida Angren, Andijon, Bekobod, G‘ijduvon, Qarshi, Namangan va Chirchiq shaharlari paydo bo‘ldi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: «LTE avval ishga tushirilgan Toshkent, Buxoro, Zarafshon va Navoiy shaharlarini hisobga olgan holda, bugungi kunda 4G tarmog‘i dadil ravishda respublikaning 11 shahrida ta'minlangan. Bizning yaqin kelajakdagi rejalarimizda – bu sonni ikki marotabaga ko‘tarishdir, ayni paytning o‘zida esa yuqori tezlikdagi mobil Internetdan O‘zbekistonning millionlab aholisi foydalanishlari mumkin».

Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi va xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta'minlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid