Jahon | 09:55 / 03.08.2017
5749
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda xavfli kimyoviy moddalar olib ketayotgan vagonlar izdan chiqib ketdi

Foto: AP

CSX kompaniyasining zaharli moddalar tashiyotgan yuk poyezdi Pensilvaniya shtatida izdan chiqib ketdi. Tarkib Chikagodan Nyu-York shtatidagi Selkerk shahriga ketayotgan bo‘lgan.

“RIA Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, 32 ta vagondan neft gazi va suyultirilgan oltingugurt bo‘lgan 2 ta vagondan bu moddalar sizib chiqqan. Avariya joyida yong‘in chiqqan. Yong‘inni o‘chirishning hozircha iloji bo‘lmagan. Voqea joyi yaqinida yashovchi barcha odamlarni evakuatsiya qilishga qaror qilingan. O‘z uylarini Xayndmen shahri aholisi – 900 ga yaqin kishi tark etib turishiga to‘g‘ri kelgan.

Pensilvaniya gubernatori Tom Volfning aytishicha, mutaxassislar voqeaning odamlar salomatligiga ehtimoliy ta'sirini o‘rnatish uchun zarur tadqiqotlar o‘tkazmoqdalar.

Mavzuga oid