Jahon | 19:25 / 04.08.2017
35281
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning Sibirga safari: Baliq ovi va Baykalning ekologik holati haqida

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Uzoq Sharq va Sibir atrofiga qilgan safari davomida Baykal ko‘lida bo‘ldi.

Juma kuni ko‘lga tashrif buyurgan davlat rahbari bu joydagi ekologik vaziyat ayanchli holda ekanligini aytib o‘tgan. Shundan so‘ng, Putin ramziy ma'noda oq farel balig‘ini ko‘lga qo‘yib yubordi. Atrof-muhitni qayta tiklash maqsadida Baykalda baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun 50,000 mayda baliqlar suvga qo‘yildi.

Shuningdek, mahalliy aholining keyingi «prezidentlik saylovlarda ishtirok etishi»ni so‘rab murojaat qilganlarga Putin o‘ylab ko‘rishini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, u Janubiy Sibir tomon yo‘l olib, Blagoveshchensk va Ulan-Ude ma'muriy birliklaridagi vaziyat bilan tanishish uchun jo‘nab ketgan. Yo‘l-yo‘lakay davlat rahbari shimoliy taygalardan birida baliq ovlab, ikki soatlik urinishdan so‘ng shuka balig‘ini qarmoqqa ilintirdi.

Mavzuga oid