O‘zbekiston | 21:10 / 06.08.2017
11358
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federal g‘aznachiligi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi

9-21 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Federal G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari S.E. Prokofev boshchiligida Federal G‘aznachilik delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Rossiya deleatsiyasining tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Moskva shahrida imzolangan Rossiya Federal G‘aznachiligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida texnik hamkorlik Memorandumi doirasida tashkil etildi. 

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida o‘tkazildi, tomonlar ikki tomonlama muhim aloqalar va keyingi rivojlantirishga doir muhim masalalarni batafsil muhokama qildilar, shuningdek, xalqaro standartlar va yuqori texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi hamda Rossiya Federatsiyasi Federal G‘aznachiligi tomonidan prezentatsiyalar tashkil etildi.

Federal G‘aznachilik delegatsiyasi (Rossiya Federatsiyasi) Samarqand viloyati G‘aznachilik boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ularga byudjyet tashkilotlarining shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarini amalga oshirish jarayonlari jonli tarzda ko‘rsatib berildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Rossiya Federal G‘aznachiligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida 2017 yilning ikkinchi yarim yilligi uchun qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Mavzuga oid