Jamiyat | 09:54 / 07.08.2017
6989
1 daqiqa o‘qiladi

Kegeyli tumanida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan uyida noqonuniy qurol saqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Kegeyli tumani Kumshungul OFYda yashovchi S.S. uyida “TOZ-B” markali, 2 stvolli, 16 kalibrli, o‘q otar qurolni noqonuniy saqlayotganligi aniqlandi. 

Kegeyli tuman IIB tomonidan fuqaro S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid