Misrda sobiq prezident Mursiyning 12 tarafdori o‘lim jazosiga mahkum etildi
Misr jinoiy sudi dushanba kuni 2013 yilning avgustida Qohiradan janubda joylashgan Al-Minyo viloyatidagi politsiya bo‘linmasiga hujum qilishda ishtirok etgan 12 kishini o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda “Al-Axram” nashri portali xabar bermoqda.
Bu ish bo‘yicha bir yuz qirq kishi umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.
Ta'kidlanishicha, sud qarori yakuniy bo‘lib, u mamlakat yuqori muftiysining ijobiy xulosasidan so‘ng chiqarildi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, barcha sudlanganlar mamlakatda taqiqlangan “Birodar musulmonlar” harakati a'zolari bo‘lgan va 2013 yilning avgustidagi hodisalarda ishtirok etishgan. O‘shanda Misrda prezident Muhammad Mursiy hokimiyatdan chetlatilgach, kuch tuzilmalari bilan to‘qnashuvlar kelib chiqqandi.
Mavzuga oid
18:52
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
15:10 / 19.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasiga qabul qilinishi tartibga solinadi
17:20 / 17.12.2024