Video: Muhojirlar Ispaniyaning anklav hududiga qarab yugurishmoqda
Dushanba kuni saharda Sahroi-Kabir atrofidagi ko‘plab muhojirlar Marokashdan Ispaniyaga qarab yugura boshladi. Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, ularning manzili Ispaniyaning anklav hududi Seuta shahri bo‘lgan.
Afrikalik migrantlar tez-tez Ispaniya qirolligining shimoliy Afrikadagi ikki anklav - Seuta va Melilla hududlariga «hujum» qilib turishadi. Buning uchun ular 6 m balandlikdagi to‘siq va simtikondan o‘tishi lozim bo‘ladi. Qizil xoch jamiyati tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, 186 nafar muhojir yo‘lda to‘xtatib qolingan, ulardan 4 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Muhojirlar bu bilan Yevropaning boshqa mamlakatlariga yetib olishni ko‘zlaydi. Bunday «shovvozlar» orasida Liviya-Italiya yo‘nalishidan foydalanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Joriy yilning o‘zida jami 7400 nafar kishi shunday «yurish»ni amalga oshirgan.
Mavzuga oid
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
22:15 / 22.11.2024
Ispaniya beshta aviakompaniyani salkam 180 mln yevro jarimaga tortdi
16:24 / 20.11.2024
Mashhur tennischi Rafael Nadal professional faoliyatini yakunladi
20:54 / 19.11.2024