Jamiyat | 14:45 / 11.08.2017
12250
2 daqiqa o‘qiladi

Yerda zerikdingizmi? Olimlar yashash uchun yangi sayyoralarni kashf etishmoqda

Buyuk Britaniyaning Hertfodshir Universiteti hamda AQShdagi Santa Kruz Kaliforniya Universiteti xodimlaridan iborat olimlar jamoasi massasi Yernikidan 1,7 barobar katta, ammo yashash uchun zaruriy talablarni qondira oladigan 2ta sayyora bor ekanligini aniqlashdi. Ular bizdan 12 yorug‘lik yili masofasida joylashgan kenglikda ekani ma'lum bo‘ldi. Sayyoralar "tau Cetu" nomi bilan qayd qilingan quyosh yulduzi atrofida harakatlanadi.

"Aniqlangan hudud yuza harorati uncha issiq ham, sovuq ham emas. Unda suv resurslari bo‘lishi mumkin yoki suv saqlanishi uchun qulay sharoit bor", - deydi tadqiqot yetakchilaridan biri doktor Fabo Feng.

Faboning aytishicha, sayyora materigining yuzasi muzlardan emas, balki toshlarning kelib urilishidan hosil bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Agar bu haqiqatga yaqin bo‘lsa, demak yangi sayyorada yashash sharoiti oshadi. Ayni paytda NASA bu borada yangi loyiha ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda.

Mavzuga oid