Jamiyat | 15:16 / 11.08.2017
14454
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonlik o‘t o‘chiruvchi yangi uskuna kashf etdi

Foto: Shlanga yig‘ish uskunasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Nukus shahri 1-sonli harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi bo‘limi navbatchi smena boshlig‘i, leytenant Sulton Tangirbergenov izlanuvchan, talabchan yoshlardandir, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Yaqinda u o‘t o‘chirishda foydalaniladigan shlangani tezda yig‘adigan maxsus uskuna kashf etdi. Uskuna nomi «Shlanga yig‘ish uskunasi» deb ataladi, u tezda va oz vaqtning ichida ko‘p kuch sarflamasdan yig‘iladigan uskunadir.

Foto: Leytenant S. Tangirbergenov uskunani ishga tushirib ko‘rsatmoqda

Leytenant S. Tangirbergenov 1992 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. Maktabni tamomlab, Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litseyda tahsil olgan. Qiziqishlari uni Yong‘in xavfsizligi texnika maktabiga yetaklagan.

Yosh ixtirochi yana yangi g‘oyalar ustida ish olib bormoqda.

Mavzuga oid