Jamiyat | 11:50 / 11.08.2017
23991
2 daqiqa o‘qiladi

Homila nobud bo‘lishi va genetik kasalliklar sabablaridan biri aniqlandi

Avstraliyalik shifokor olimlar jamoasi erta homilaning nobud bo‘lmasligi va genetik kasallik bilan tug‘ilajak farzandning sog‘lom bo‘lishi uchun onaga B3 vitamini ko‘proq zarur ekanligini ta'kidlamoqda.

Sidney shahridagi Viktor Chang kardiyak tadqiqot institutida olib borilgan o‘rganishlar davomida shu ma'lum bo‘ldiki, ko‘proq yashil sabzavot va go‘sht tarkibida uchraydigan B3 vitaminini iste'mol qilish homilaning yaxshi saqlanishiga yordam beradi.

"Biz homilaning tushib qolishi, tug‘ilish davrida orttirilgan chaqaloqlardagi umurtqa va buyrak sohasidagi yetishmovchiliklarning asl sabablarini o‘rganib chiqib, ungan nikotin kislotasi yoki B3 vitamini nomi bilan mashhur bo‘lgan ozuqa moddasi davo bo‘lishini aniqladik", - deydi tadqiqotchi shifokor Salli Danvudi.

Sallining jamoasi o‘rgangan holatlar shuni ko‘rsatadiki, homilaning dastlabki uch oyida, ya'ni chaqaloq organizmlari rivojlanishi boshlangan davrda bo‘lajak onalarning har uchdan birida B3 vitamini yetishmovchiligi uchrab turadi.

"Yangi Angliya Tibbiyot jurnali" payshanba kuni chop etgan maqolada aytilishicha, ozuqa moddasini tabiiy ravishda sabzavot va go‘sht mahsulotlaridan qabul qilgan foydali. 

Mavzuga oid