Sport | 19:55 / 13.08.2017
7841
2 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» APLga qaytgan «Nyukasl»ni mag‘lubiyatga uchratdi 

«Tottenhem» APLning birinchi turida «Nyukasl Yunayted»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Nyukasl-apon-Tayn shahridagi «Sent-Jyeyms Park — Sports Direkt Arena» stadionida kechgan uchrashuv «shporlar» jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa «Nyukasl» divizionga qaytishini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Ikkinchi bo‘lim boshida «qarg‘alar» kamchilik bo‘lib qoldi: Jonjo Shelviga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. 61-daqiqada Dele Alli «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqdi, 9 daqiqa o‘tib Ben Devis hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. 

Premer-liga
1-tur
«Nyukasl» – «Tottenhem» 0:2
(0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 61 Alli, 0:2 – 70 Devis.
«Nyukasl» – Elliot, Lejyen (Mbemba, 34), Dammett (Lassels, 7), Mankilo, Klark, Shelvi, Xeyden, Ritchi, Atsu, Peres, Geyl (Merino, 76).
«Tottenhem» – Loris, Vertongen, Devis, Uoker-Piters, Alderveyreld, Dayyer, Dembele (Uinks, 90), Alli (Vanyama, 82), Sissoko (Son Xyn Min, 58), Eriksen, Keyn.
Ogohlantirishlar: Keyn (31), Ritchi (52), Devis (86).
Chetlatish: Shelvi (48).

Mavzuga oid